Afsonaviy referi 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Afsonaviy referi 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Dunyo boksidagi mashhur referilardan biri Mills Leyn 85 yoshida vafot etdi.

"Uning sog‘lig‘i birdan yomonlashdi. U oramizdan biz o‘ylagandan ancha tez ketib qoldi. Umrining so‘nggi ikki kunini birgalikda juda yaxshi o‘tkazdik. Otam boshchiligida uyda ko‘p bayram qilardik, lekin dafn marosimlariga borishni yomon ko‘rardi", — dedi marhumning o‘g‘li Tommi Leyn.

Ma’lumot uchun, Mills Leyn 1970-1990 yillar oralig‘ida aksariyat markaziy janglarda referilik qilgan. 1997 yil Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida Mayk Tayson va Evander Xolifild o‘rtasida o‘tkazilgan o‘sha afsonaviy jangda ham hakamlik qilgan. Tayson Xolifildning qulog‘ini uzib olgan jang ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak.

Afsonaviy referi 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!