Afrikadagi eng baland cho‘qqiga ilk bor O‘zbekiston bayrog‘i olib chiqildi (VIDEO)

Afrikadagi eng baland cho‘qqiga ilk bor O‘zbekiston bayrog‘i olib chiqildi (VIDEO)

O‘zbek yigiti Afrikadagi eng baland cho‘qqiga ilk bor O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqdi.  

“Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan bo‘lgan Sanjar ismli yigit Afrika qit’asidagi eng baland tog‘ cho‘qqilarida turib O‘zbekistonni qanchalik sevishini, ne-ne yurtlarni kezsa ham qalbida ona Vataniga bo‘lgan sadoqati mangu yashashini ta’kidlagan”, - deyiladi O‘zA xabarida.

“Bizning tariximizda, O‘zbekistondan Kilimanjaroga yetib kelgan inson bo‘lmagan“, - deydi sayyoh.

Kilimanjaro (suaxili tilida -sovuqlik xudosi tog‘i) — Sharqiy Afrikadagi vulkan tog‘i. Tanzaniya hududida joylashgan. Balandligi 5895 metrni tashkil etadi va Afrika materigidagi eng baland cho‘qqi sanaladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!