Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 29 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:32 da (28.05.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 21:32 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari: 36,71 gradus shimoliy kenglik; 70,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 144 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 523 km janubiy-sharqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)