Adiyaman zilziladan oldingidan ham yaxshiroq natijaga erishyapti

Adiyaman zilziladan oldingidan ham yaxshiroq natijaga erishyapti

Turkiyaning Adiyaman viloyati axborot zilzila natijalarini mardonavor yengyapti.

Adiyaman barcha zilzila zonasidagi shaharlar orasida sug‘urtalanganlar soni bo‘yicha yo‘qotishlarni eng tez bartaraf etayotgan va tabiiy ofatdan oldingi darajadan ham yaxshiroq natijaga erishayotgan hudud.

Viloyatda jami 45 ming 305 nafar turar joyga haqli aholi borligi aytilmoqda. Kuni kecha 2 ming 798 xonadon o‘z egalariga topshirilgan.

Kunning ikkinchi qismida Adiyaman markazidan 37 kilometr uzoqlikda joylashgan Oqpinar qishlog‘ida barpo etilgan yangi uy-joylar bilan tanishdik.

Shahar markazida esa ko‘p qavatli xonadonlar qurib bitkazilgan, tabiiy ofatdan bir yil o‘tgach, aholiga qur’a tashlash yo‘li bilan taqdim etilgan turar-joylarga ko‘chib o‘tish boshlangan.

Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar 32 ming uy bosqichma-bosqich topshiriladi. OAV vakillari, shuningdek vaqtinchalik yashash uchun tashkil etilgan konteynerlar shaharchasida bo‘ldi. Hududda sport bilan shug‘ullanadigan ob’ektlar, maktablar va axborot texnologiyalari markazi bor.

Quvonarlisi, fuqarolar uylaridan ayrilgan bo‘lsada, hayotdan uzilib qo‘ygani yo‘q. Jumaladan, bahorda texno-festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!