Abituriyentlar qachondan hujjat topshirishi ma’lum bo‘ldi

Abituriyentlar qachondan hujjat topshirishi ma’lum bo‘ldi

Respublika OTMga kirish uchun abituriyentlar 15 iyundan 15 iyulgacha  onlayn ro‘yxatdan o‘tadi. Bu haqda Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod MUSAYEV ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, abituriyentlar:

— Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

— Davlat test markazining rasmiy veb-sayti;

— Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bunda abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda muayyan oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!