Abdulaziz Kamilov Kobulga keldi

Abdulaziz Kamilov Kobulga keldi

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Tolibon* TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaki bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Tolibon* TIV matbuot kotibi o‘rinbosari Hofiz Ziyi Ahmad ma’lum qildi.

O‘zbekiston delegasiyasi tarkibida Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Irgashev ham bor.

Muzokarada savdo va tranzit sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari ko‘tarilib, xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi.

Muttaki Afg‘oniston bo‘yicha iyul oyi oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun taklif qilindi. Tolibon* O‘zbekistonga Savdo vazirligi vakillari boshchiligidagi delegasiyani yuborish istagini bildirdi.

* terrorchilik faoliyat uchun BMT sanksiyalari ostida


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!