Abbosbek Fayzullayev bu oy ham Rossiyada eng yaxshi futbolchi bo‘ldi

Abbosbek Fayzullayev bu oy ham Rossiyada eng yaxshi futbolchi bo‘ldi

SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev klubining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada o‘zbekistonlik futbolchi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi pog‘onani Milan Gayich band etgan bo‘lsa, armiyachilar posboni Igor Akinfeev kuchli uchlikka kirdi.
.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev sentyabr oyida SSKAning eng yaxshi futbolchisiga aylagandi. U barcha musobaqalar doirasida SSKA safida 13 o‘yinda maydonga tushib, bir gol va 6 assist muallifiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!