Abbos Fayzullayev ertaroq terma jamoamiz safiga qo‘shilishi mumkin

Abbos Fayzullayev ertaroq terma jamoamiz safiga qo‘shilishi mumkin

Rossiya chempionati doirasida SSKA hamda "Axmat" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi (1:2).

Unda Abbos Fayzullayev sariq kartochka oldi.

Klub uni 25 aprel kungi "Spartak"ka qarshi o‘yindan keyin Qatarga qo‘yib yuborishini ma’lum qilgandi. Abbos 26 aprel kuni tongda Qatarga yetib borishi kerak edi.

Ammo bugungi sariq kartochkadan so‘ng u "Spartak" bilan o‘yinni diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradi. Balki endi Abbos vaqtliroq Qatarga yetib borishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!