9-12 dekabr kunlari yurtimizda anomal past havo harorati kuzatiladi

9-12 dekabr kunlari yurtimizda anomal past havo harorati kuzatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 9-12 dekabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida anomal past havo harorati: kechalari 5-10 sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida kechalari 17-22 sovuq, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda 24 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq saqlanib turadi.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz- havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishni so‘rab qoladi:

- nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;
- isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring va dudburon orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qarating;
- xonani vaqti-vaqti bilan shamollating va shamollatish kanallariga alohida e’tibor qarating;
- isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
- isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;
- gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;
- yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!