7 oktabrdan beri Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 37 396 nafarga yetdi

7 oktabrdan beri Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 37 396 nafarga yetdi

Falastinning G‘azo sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida, 2023 yil 7-oktabrdan beri blokadadagi G‘azo sektorida davom etgan Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 37396 nafarga yetdi.

So‘nggi 24 soat ichida Isroil armiyasi G‘azo sektorining turli hududlarida uchta qirg‘in sodir etib, 24 nafar falastinlikni o‘ldirdi. Bundan tashqari, yana 71 kishi jarohatlangan, deyiladi xabarda.

Shunday qilib, Isroilning 7 oktyabrdan beri davom etgan hujumlari paytida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 37 396 nafarga, yaradorlar esa 85 523 nafarga yetdi, deya qayd etdi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqarolik mudofaa guruhlari Isroil kuchlari keltirib chiqargan to‘siqlar tufayli ularga yetib bora olmayapti, deya qo‘shimcha qildi departament.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!