7,6 mingdan ortiq ob’ektlar yong‘in ichida qoldi​

7,6 mingdan ortiq ob’ektlar yong‘in ichida qoldi​
Kaliforniya shtati shimolidagi 7,6 mingdan ortiq ob’ektlar yong‘in ichida qoldi, deb xabar beradi "The New York Times". Yong‘in jami 418 kvadrat kilometr masofani qamrab olgan. "Camp" nomini olgan yong‘in hozircha 30 foizga bartaraf qilingan. 7,6 ming ob’ektning olti yarim mingi – aholi yashovchi uy-joylar hisoblanadi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Kaliforniyadagi yong‘in noyabrning boshidan buyon davom etmoqda. Falokatda 228 nafar odam bedarak yo‘qolgan, 44 nafardan ortiq kaliforniyalik halok bo‘lgan. Kecha prezident Donald Tramp Kaliforniyani tabiiy ofat hududi, deb e’lon qilgandi.
Manba: uza. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!