6 oy davomida 22 yoshli qizni zo‘rlab kelgan erkak qo‘lga olindi

6 oy davomida 22 yoshli qizni zo‘rlab kelgan erkak qo‘lga olindi

Kaliforniyalik erkak 22 yoshli qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi 59 yoshli Piter Makguayrning uyida yashagan, biroq keyinroq ko‘chib o‘tishga qaror qilgan. Erkak uni qo‘yib yuborishdan bosh tortgan va 6 oy davomida o‘z irodasiga qarshi ushlab turgan, zo‘rlagan, shuningdek, ko‘zi, burni, qulog‘i va labini jarohatlagan.

Qiz bir hafta oldin qochishga muvaffaq bo‘ldi, u polisiyaga qo‘ng‘iroq qildi. Tez orada uni kasalxonaga olib borishdi, hozir uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Makguayr o‘ziga tegishli bo‘lgan boshqa uyda topilgan, u yerda polisiyaga qarshilik ko‘rsatgan va bir necha soatlik to‘qnashuvdan so‘ng hibsga olingan.

Erkakning o‘zi jinoyatlarda aybini tan olmaydi. Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!