6 nafar maktab o‘quvchisi zaharlandi

6 nafar maktab o‘quvchisi zaharlandi

Rossiyada Saratov viloyatining Krasnoarmeysk shahridagi maktabda 6 nafar bola zaharlandi va kasalxonaga yetkazildi. Bu haqda "Saratov" davlat teleradioeshittirish kompaniyasi "Rossiya 1" va "Rossiya 24" efirida xabar berdi.

Jabrlanganlarning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Viloyat hukumati raisining o‘rinbosari Roman Gribovga vaziyatni nazoratga olish va Ta’lim vazirligi rahbariyatiga voqea joyiga yetib borib, tekshiruv o‘tkazish topshirilgan.

Gubernator Valeriy Radayev ishning barcha holatlarini aniqlashtirish uchun komissiya tuzishga buyruq berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!