58-xalqaro kimyo olimpiadasi 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10 iyuldagi № 446-G‘ farmoyishida aytilgan.
Olimpiada mamlakat poytaxti Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Hukumat farmoyishiga muvofiq:
2026 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 58-xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning tarkibi;
2026 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 58-xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Olimpiadani mamlakatimizda tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Xalqaro kimyo olimpiadasining Boshqaruv qo‘mitasi talablariga muvofiq Olimpiadaga tayyorgarlikning bosh rejasi, dasturi va logotipini ishlab chiqish, ularni tasdiqlash hamda saytini yaratish;
Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar ishini muvofiqlashtirib borish;
Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur mutaxassis kadrlarni tayyorlash hamda ekspertlarni jalb etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
mahalliy va xorijiy ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilgan holda, Olimpiadaning Ilmiy qo‘mitasi tarkibini tasdiqlash;
Olimpiadaning Boshdaruv qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi delegasiyaning Toshkent shahriga tashrifini tashkil etish;
2024 yil Saudiya Arabistoni va 2025 yil Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan 56- hamda 57-xalqaro kimyo olimpiadalarini tashkil etish bo‘yicha amaliy tajribasini chuqur o‘rganish va tahlil qilish maqsadida O‘zbekiston delegasiyasini shakllantirish hamda xalqaro olimpiadalarga yuborish;
Olimpiadani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha masalalarni va yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal etish.
Tashkiliy qo‘mita Olimpiadani yuqori saviyada o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.