52 yoshli ayolni chuv tushirgan erkak ushlandi

52 yoshli ayolni chuv tushirgan erkak ushlandi

1976 yilda tug‘ilgan Ohangaron tumanida yashovchi X.A. 52 yoshli ayolga internet orqali xabar yo‘llab, ijtimoiy tarmoqdagi birja orqali pullarini ko‘paytirib berishi mumkinligi haqidagi yolg‘on ma’lumotlarga ishontirgan.

Keyin aldov yo‘li bilan ayolga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasidagi jami 6 mln 200 ming so‘m pulni o‘zlashtirib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan X.A. ga nisbatan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!