41 yoshli Zlatan Ibrahimovich futbolchilik faoliyatini yakunladi

41 yoshli Zlatan Ibrahimovich futbolchilik faoliyatini yakunladi

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich futbolchilik faoliyatini yakunladi. Shvesiyalik futbolchi A seriyaning so‘nggi turida bo‘lib o‘tgan «Milan» – «Verona» (3:1) uchrashuvidan keyin o‘z qarorini e’lon qildi.

«Menga nafas yetishmayapti, ammo hammasi joyida. «San-Siro»da ko‘p xotiralarim qolmoqda... Dastlab u menga mehr berdi, keyin esa baxt.

Men o‘z oilamga sabr uchun minnatdorchilik bildiraman. Ikkinchi oilam — o‘yinchilar, murabbiylar, xodimlar, menejerlarga rahmat aytaman. Va nihoyat, siz muxlislarga chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman.

Futbol bilan xayrlashadigan payt keldi, ammo siz bilan emas», – dedi 41 yoshli Zlatan.

Zlatan Ibrahimovich professional futbolchilik faoliyatini 1999 yilda boshlagan. U faoliyati davomida «Milan»dan tashqari «Malmyo», «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «PSJ», «Manchester Yunayted» va «Los-Anjeles Gelaksi» klublarida to‘p tepgan. U Shvesiya terma jamoasi safida 122 ta o‘yinda maydonga tushib, 62 ta gol urgan. Bu Shvesiya uchun rekord natija hisoblanadi.

Hujumchi faoliyati davomida 34 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!