4 ta hududda tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

4 ta hududda tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.S.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari ushbu xo‘jalikka tegishli 100 kVt kuchlanishli transformatorga noqonuniy ulanib, 223,4 ming kVt/s elekt energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “P.H.” MCHJ rahbari N.T. savdo do‘konini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 136,6 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan tuman GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.T.” fermer xo‘jaligi rahbari M.X. xo‘jalik issiqxonasini hech qanday hujjatlarsiz gaz tarmog‘iga ulab olib, 85,2 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan tuman GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.m.” XK rahbari T.T. xususiy jamoat hammomidagi 6 dona gaz isitish pechini hech qanday hujjatlarsiz gaz tarmog‘iga ulab olib, 62,1 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 289,7 mln so‘m zarar zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!