37 davlat elchisi Xitoyning “Inson huquqlari sohasidagi ajoyib muvaffaqiyatlariga” yuqori baho berdi

37 davlat elchisi Xitoyning “Inson huquqlari sohasidagi ajoyib muvaffaqiyatlariga” yuqori baho berdi

“37 davlat elchisi Xitoyning “Inson huquqlari sohasidagi ajoyib muvaffaqiyatlariga” yuqori baho berdi. Bunday qo‘llab quvvatlash payshanba kuni 22 davlat etnik va diniy jihatdan ozchilik bo‘lgan xalqlarning Sinszyan viloyatida lagerlarda saqlanishi bo‘yicha Pekinni qattiq tanqid qilganidan bir kun o‘tib boshlandi”, - deb BBC xabar berdi.

Payshanba kunidagi maktub Xitoyning g‘arbiy hududlardagi siyosatiga qarshi birinchi uyushgan harakatdir. Bu hududda taxminan 2 million nafar inson qayta tarbiyalash uslubidagi lagerlarda majburiy saqlanmoqda. Qamoqda ushlab turilganlarning ko‘plarini uyg‘urlar va musulmonlar tashkil etadi.

Pekin barcha ayblovlarni rad etib, bular shunchaki kasbga tayyorlash markazlari ekanligi va bu markazlar Islom ekstrimzmini oldini olish uchun muxim ekanligini takidlamoqda.

37 davlat BMT Inson huquqlari kengashiga yo‘llagan xatida Xitoyning inson huquqlarini himoya qilishini mamlakatda olib borilayotgan islohotlar bilan yanada mustahkamlayotganini tilga olib, bu boradi uni qo‘llab-quvvatlashlarini yozishgan.

Qiziqarlisi shundaki, Xitoyning tarafini olayotgan davlatlarning aksariyatiga inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan. Saudiya Arabistoni, Rossiya, Myanma, Suriya, Shimoliy Koreya kabi davlatlar shular jumlasidan.

Mutaxassislarning fikricha, Xitoy o‘zining xalqaro “imiji” dan xavotirga tushib qolgan xolda o‘z vaziyatini oqlash uchun ham ittifoqchilari va tarafdorlari, ayniqsa, Sinszyan viloyatida nimalar bo‘layotgani surishtirib ham o‘tirmaydigan Islom dunyosidagi davlatlar ko‘magini hohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda musulmonlarni ommaviy qamoqqa olinish, hududlardagi qattiq nazorat va cheklovlar yuzasidan BMT ga jo‘natilgan maktub 22 davlat tomonidan imzolangan bo‘lib asosan G‘arb va Yevropa davlatlari Xitoyning inson huquqlarini buzayotganlikda ayblagan edi.

Xitoyni qo‘llab-quvvatlovchi xatga imzo chekkan davlatlar orasida esa aholisining katta qismi musulmon bo‘lgan Saudiya Arabistoni, Suriya, Qatar, BAA, Bahrain,Sudan, Pokiston, Turkmaniston va Tojikiston kabi bir qancha davlatlar mavjud deydi "human.uz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!