36 yoshli xonanda Dilmurod Daliyev 31 yoshli ayolni o‘ldirganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi

36 yoshli xonanda Dilmurod Daliyev 31 yoshli ayolni o‘ldirganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi

Xonanda Dilmurod Daliyev kecha, 23 mart kuni tunda xotinini pichoqlab qo‘ydi. Buning oqibatida ayol vafot etgan.

Bu haqda uning do‘sti Mirzoozod Mirzane’matov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, oilaviy janjal oqibatida xonanda oshxona pichog‘i bilan ayolga bir necha marta pichoq urgan. Natijada marhum olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!