35 yoshli mast ayol jazmanini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

35 yoshli mast ayol jazmanini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli turmushga chiqmagan ayol spirtli ichimlik ta’sirida jazmani bilan kelib chiqqan janjal vaqtida uni pichoqlab qo‘ygan. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» axborot dasturi xabar berdi.

Aniqlanishicha, ayol oilasidan ajrashgan 44 yoshli erkakni o‘z uyiga tez-tez mehmonga chaqirib turgan. Erkakning mazkur uyga navbatdagi tashrifi fojia bilan yakunlangan.

Ularning navbatdagi uchrashuvida spirtli ichimlik iste’molidan keyin janjal kelib chiqqan. Janjal qaltis tus olib, ayol erkakning oyog‘i son qismiga oshxona pichog‘i bilan bir marta urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Tuman shifoxonasida ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, erkak olingan jarohati oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ayolga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!