300 ming AQSh dollariga sotilayotgan yerga sobiq hokim ham aloqador ekani ma’lum bo‘ldi

300 ming AQSh dollariga sotilayotgan yerga sobiq hokim ham aloqador ekani ma’lum bo‘ldi

Guliston shahrida yashovchi, 1964 va 1976 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, hozirda Guliston tumani hokimiyati zaxirasida bo‘lgan 38 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga olib berish hamda ushbu yer maydonida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun mansabdor tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular oldindan 50 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga 2018-2021 yillarda Guliston tumani hokimi lavozimida ishlagan shaxs ham aloqador ekanligi aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!