300 million so‘mlik ondatra ko‘katlar ostiga yashirilgani fosh bo‘ldi

300 million so‘mlik ondatra ko‘katlar ostiga yashirilgani fosh bo‘ldi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan yovvoyi hayvonlarning teri va mo‘ynasini noqonuniy olib o‘tilishini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur post orqali qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan 3 nafar fuqarolar to‘xtatilib, ularning qo‘l yuklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Avvaliga ushbu shaxslar 4 dona qog‘oz qutilarda ukrop, kashnich kabi ko‘katlarni olib chiqishayotganini ma’lum qilishgan edi. Ammo, ko‘zdan kechirish davomida ko‘katlar ostiga 3081 dona ondatra teri-mo‘ynalari mohirlik bilan yashirilgani fosh qilindi.

Bojxona nazoratidan yashirilgan mazkur teri-mo‘ynalarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga salkam 300 million so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!