“30 soniyadan so‘ng uchuvchimiz prezident vertolyoti yo‘qolganini angladi” – Raisiy vertolyoti halokati tafsilotlari

“30 soniyadan so‘ng uchuvchimiz prezident vertolyoti yo‘qolganini angladi” – Raisiy vertolyoti halokati tafsilotlari

Eron prezidenti ma’muriyati rahbari G‘ulom Husayn Ismoiliy parvoz vaqtida ob-havo sharoiti qulay bo‘lganini ta’kidladi, deb xabar beradi IRNA.

Uning so‘zlariga ko‘ra, parvozdan yarim soat o‘tgach, Sungun mis koni yaqini bulutli bo‘lgan, ammo bu tuman bo‘lmagan. Bulutlar vertolyotdan biroz balandroq bo‘lgan.

“Prezident bortidagi vertolyot uchuvchisi qo‘mondon sifatida bizga balandlikka ko‘tarilish va bulutlar ustida harakatlanishni davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Vertolyotlar balandligini oshirdi va taxminan 30 soniyadan so‘ng bizning uchuvchimiz prezidentning vertolyoti yo‘qolganini angladi”, - deydi Ismoiliy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!