3 yil ichida 12 yaqinidan ayrilgan san’atkor: “40 yoshgacha yashayman deb o‘ylamagandim!”

3 yil ichida 12 yaqinidan ayrilgan san’atkor: “40 yoshgacha yashayman deb o‘ylamagandim!”

41 yoshni qarshi olgan Guf taxallusi bilan ijod qiluvchi rossiyalik reper Aleksey Dolmatov tug‘ilgan kuni sharafiga taklif qilingan “YouTube”da berib boriluvchi "Gastroler" shousi uchun intervyu berdi.

Sog‘lig‘i, karyerasiga putur yetkazishi, hatto hayotini ham olib ketishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p zarbalarni boshdan kechirgan reperning so‘zlariga ko‘ra, zararli odatlari hamda normal hayot tarziga ega bo‘lmagani bois 40 yoshgacha yashamasligiga ishongan.

Ta’kidlanishicha, uning barcha tanishlari yosh vafot etishgan va bu Gufni stress holatiga tushirgan.

Zero, so‘nggi uch yil ichida musiqachi 12 dafn marosimida qatnashgan.

“41 yoshimda ham yashayotganim juda ajoyib. Uch yil davomida 12 yaqinimdan ayrildim. Bu juda qo‘rqinchli!” deya ma’lum qilgan reper ayni paytda har kunidan zavq olayotganligini qo‘shimcha qilar ekan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!