3 ta hududda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanib kelgan shaxslar aniqlandi

3 ta hududda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanib kelgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish holatlari fosh etildi.

Jumladan, Quvasoy shahrida “Q.” MCHJ rahbari SH.K. tomonidan pishiq g‘isht ishlab chiqarish faoliyati davomida 2,4 mlrd so‘m, Uchko‘prik tumanida “A.I.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan A.E. tomonidan 2 mlrd so‘m hamda Bo‘stonliq tumanida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sexlar tashkil etgan X.N.tomonidan davlat va jamiyat manfaatlariga 582,4 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 28, 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!