28 mart kuni rossiyaliklarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki muhokama qilinadi

28 mart kuni rossiyaliklarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki muhokama qilinadi

XOQ Ijroiya qo‘mitasi 28 mart kuni rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini muhokama qiladi.

Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Ijroiya qo‘mitaning yig‘ilishi 28-30 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

«Birinchi kuni XOQ Ijroiya kengashi XOQ a’zolari, Milliy olimpiya qo‘mitalari, Xalqaro federasiyalar va sportchilarning vakillari bilan Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalar hamda ushbu davlat sportchilarining maqomi bo‘yicha maslahatlashuvlar natijasida olingan xulosalarni muhokama qiladi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!