23 kunlik chaqalog‘ini 3 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish ochildi

23 kunlik chaqalog‘ini 3 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish ochildi

Navoiyda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi ayol tug‘ilganiga hali bir oy ham bo‘lmagan chaqalog‘ini sotishga uringan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

22 yoshli N.E. 2020 yil 3 iyun kuni taxminan soat 15:30 larda farzandini Navoiy shahrida yashovchi N.I.ga 3 million so‘mga sotishga kelishgan. U chaqalog‘ini sotib, kelishilgan pullarni Navoiy shahridagi «Navoiy» jome masjidi yonida olgan vaqtida tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

N.E.ga nisbatan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!