2025 yilda AQSh byudjeti taqchilligi 1,9 trillion dollarni tashkil qiladi

2025-moliya yilida AQSh federal byudjeti taqchilligi 1,9 trillion dollarni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich keyingi o‘n yil ichida ortadi.
Bunday ma’lumotlar AQSh Kongressining Byudjet byurosi hisobotida keltirilgan. Qonun chiqaruvchi organdagi ushbu federal agentlik uni iqtisodiy ma’lumotlar, baholashlar va prognozlar bilan ta’minlaydi.
Hujjatda aytilishicha, "2025-moliya yilida federal byudjet taqchilligi 1,9 trillion dollarni tashkil etadi", 2035 yilga borib esa 2,7 trillion dollargacha oshadi.
"2025 yilda u yalpi ichki mahsulotning 6,2 foizini tashkil qiladi, 2027 yilga kelib esa 5,2 foizgacha kamayadi, chunki daromadlar xarajatlardan tezroq o‘sadi. Keyingi yillarda xarajatlar o‘rtacha daromaddan tezroq o‘sadi", deb ta’kidladi departament . Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, "2035 yilda tuzatilgan defisit YAIMning 6,1 foizini tashkil qiladi".
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh davlat qarzi 2035 yilda YAIMning 118 foizigacha oshadi va o‘sishda davom etadi. Ushbu tendensiyaning sabablari orasida "majburiy xarajatlar va foiz to‘lovlarining o‘sishi daromadlar o‘sishidan oshib ketishi" bo‘ladi. Mamlakatning davlat qarzi birinchi marta 2024 yil noyabrida 36 trillion dollardan oshdi.
Departamentning aniqlik kiritishicha, "soliqlar va xarajatlarga oid qonunlar deyarli o‘zgarmasa" hisob-kitoblar to‘g‘ri bo‘ladi.