2022 yilda jami 3116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan

2022 yilda jami 3116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mansabdor shaxslar jinoyatchiligi tahlilini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, 2022 yil davomida respublika bo‘yicha jami 2.965 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3.116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

2022 yilda jami 3116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning katta qismi ya’ni 2.742 nafari quyi tashkilotlarda, aniqroq aytganda tuman (shahar) miqyosidagi idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Respublika darajasidagi amaldorlardan 110 nafar, viloyat miqyosdagi mansabdorlardan esa 264 nafari qo‘lga tushgan.

2022 yilda jami 3116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 2.103 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon - toroj qilish, 265 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, 243 nafari firibgarlik, 169 nafari poraxo‘rlik, 51 nafari mansab soxtakorligi, 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 14 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 249 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln. 12 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd. so‘mi undirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!