2021 yildan beri Markaziy Osiyoga 1,6 mln afg‘onistonlik qochqin keldi – BMT

2021 yildan beri Markaziy Osiyoga 1,6 mln afg‘onistonlik qochqin keldi – BMT

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi va hamkorlari Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda 2023 yilda afg‘onlarga yordam berish uchun 4,62 milliard dollar kerakligini bildirdi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi.

“Afg‘oniston ayni damda dunyodagi eng yirik va eng og‘ir gumanitar inqirozlardan birini boshdan kechirmoqda. 28,3 million kishi – aholining uchdan ikki qismi, jumladan, ayollar va qizlar insonparvarlik yordami hamda himoyasiga muhtoj. Bu rekord darajadagi ko‘rsatkich. Ehtiyojlar ayollarga nisbatan yaqinda qo‘yilgan cheklovlar, jumladan, nodavlat tashkilotlarda ishlashni taqiqlash bilan yanada kuchaymoqda”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 2021 yildan beri Markaziy Osiyoga 1,6 million afg‘on qochqinlari kelgan.

2022 yilda Afg‘oniston zarur bo‘lgan 623 million dollarning 321 million dollarini olgan. Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda jami 8,2 millionga yaqin afg‘on, jumladan, ro‘yxatga olingan ikki milliondan ortiq qochqin yashaydi.

Qayd etilishicha, ochlik, kasallik, to‘yib ovqatlanmaslik va o‘limning oldini olish uchun afg‘onlarga moliyaviy yordam muhim bo‘lib qolmoqda. Qo‘llab-quvvatlanishga muhtojlarning 70 foizdan ortig‘ini ayollar va bolalar tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!