2020 yilning eng mashhur, ammo shu bilan birga eng ishonchsiz parollari ma’lum bo‘ldi

2020 yilning eng mashhur, ammo shu bilan birga eng ishonchsiz parollari ma’lum bo‘ldi

Parollarni boshqarish bo‘yicha “NordPass” kompaniyasi tahlilchilari 2020 yilning Internetdagi eng mashhur 200 paroli reytingini taqdim etishdi.

Unga ko‘ra, 23 milliondan ortiq marta buzilgan eng keng tarqalgan parol "123456" bo‘lib chiqqan. Ta’kidlanishicha, bunday parolni buzish uchun bir soniyadan kam vaqt ketadi.

Beshta "eng ishonchsiz" parollar qatoriga "123456789", "picturel", "parol" va "12345678" ham kiritilgan.

“Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘pchilik odamlar sodda, eslab qolish oson bo‘lgan parollardan foydalanishadi, chunki ular qulay. Ammo muammo shundaki, eng esda qolarli parollar buzish uchun juda himoyasiz”, - deydi mutaxassislar.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, foydalanuvchilar ko‘pincha parol sifatida raqamlar, ismlar, haqoratli so‘zlar, tasodifiy harflar, oziq-ovqat va sport nomlari, shuningdekm ijobiy iboralardan foydalanishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!