2020 yil oxiriga qadar 1 milliarddan ortiq odam 5G hududida yashaydi

2020 yil oxiriga qadar 1 milliarddan ortiq odam 5G hududida yashaydi

2020 yil oxiriga qadar 1 milliarddan ortiq odam yoki dunyo aholisining 15%i beshinchi avlod aloqa tarmoqlari hududida yashaydi.

Bu haqda “Ericsson Mobility Report” tadqiqoti natijalarida ma’lum qilindi.

Aniqlashtirilishicha, shu kunga qadar dunyo bo‘ylab 106 ta tijoriy 5G tarmog‘i ishga tushirilgan bo‘lib, buning natijasi o‘laroq 2020 yil oxiriga qadar dunyo bo‘ylab  220 million 5G ulanishlar kuzatiladi.

Shuningdek, xabar qilinishicha, 2026 yilda 5G qamrovi dunyo aholisining 60 foizini qamrab oladi va ulanishlar soni 3,5 milliardga yetadi.

Tadqiqotga ko‘ra, asosiy o‘sish ayni paytda  Xitoyda kuzatilmoqda, bu yerda 5G uyali aloqa tarmog‘idagi ulanishlar ko‘rsatkichi 11 foizga yetgan.

Shimoliy Amerika 5G ulanishining 4% ulushi bilan ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, Yevropada 5G texnologiyalari mintaqadagi barcha uyali aloqa ulanishlarining 1 foizini tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!