2019 yilda Hindistonda 1,5 milliondan ko‘proq odam havo ifloslanishi sabab vafot etgan

2019 yilda Hindistonda 1,5 milliondan ko‘proq odam havo ifloslanishi sabab vafot etgan

“The Lancet” deb nomlangan tibbiyot jurnalining 22 dekabrda bergan ma’lumotlariga ko‘ra,  2019 yilda Hindistonda 1,67 million kishi havo ifloslanishi sabab vafot etgan.Bu Hindistonda o‘tgan yili vafot etgan barcha insonlarning 18 foizini tashkil qiladi.

Hindistondagi shaharlar dunyodagi eng ifloslangan shaharlar ro‘yxatiga doimiy tarzda kiritiladi. Bu mamlakatda 2017 yili havo ifloslanishi tufayli olamdan o‘tganlar 1,24 million kishini, yoki bo‘lmasam umumiy vafot etganlarning 12,5 foizini tashkil qilgandi.

“The Lancet” ning olib borgan tahlillaridan ma’lum bo‘lishicha, Hindistondagi havoning ifloslanishi odamlarning surunkali o‘pka kasalligi, nafas yo‘llari infeksiyalari,  o‘pka saratoni,  yurak kasalliklari, diabet,  neonatal kasalliklar va kataraktaga chalinishlariga sabab bo‘lgan.

Hindiston havoning ifloslanishi sabab nafaqat o‘z aholisini yo‘qotmoqda, balki, bundan iqtisodiy zarar ham ko‘rmoqda. Jahonning eng ifloslangan poytaxti bo‘lgan Nyu-Dehli aholi jon boshiga hisoblaganda eng ko‘p iqtisodiy zararni ko‘rdi,  deb yozadi “The Lancet”.

Shvesariyaning “IQAir” deb ataluvchi havo sifati texnologiyalari kompaniyasining seshanba kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra, Hindistonning uchta asosiy shahri – Nyu-Dehli,  Kolkata va Mumbay dunyoning eng ko‘p ifloslangan 20 shahri ro‘yxatiga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!