2,1 milliard so‘m kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan qoramol va metallni talon-toroj qilish holati aniqlandi

2,1 milliard so‘m kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan qoramol va metallni talon-toroj qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.ch.” MCHJ rahbari X.Y. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan qoramollarni go‘yoki “J-R.” fermer xo‘jaligiga sotilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, 100 bosh qoramolni naqd pulga sotib yuborib, jami 2,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.S.” MCHJ rahbari YO.T. bank filialidan ajratilgan 2,1 mlrd kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan metall mahsulotlarini naqd pulga sotib yuborganligi, shuningdek mablag‘ini qaytarmaslik maqsadida, garovga qo‘yilgan omborxona binosini taqiqdan yechish to‘g‘risida bankning xati va muhrini qalbakilashtirib, omborxonaga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga erishganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!