19,8 kg “opiy” giyohvandlik vositasining kontrabandasiga chek qo‘yildi

19,8 kg “opiy” giyohvandlik vositasining kontrabandasiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Xususan, “o‘zbek-tojik” davlat chegarasining Urgut tumani hududidan o‘tuvchi qismida 1997 y.t. mahalliy fuqaro ushlanib, undan mamlakatimizga qo‘shni Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan 19 kg 799 gr. “opiy” moddasi prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning jinoiy aloqalarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!