18 yoshli musulmon ikki nafar qizni olov iskanjasidan qutqardi

18 yoshli musulmon ikki nafar qizni olov iskanjasidan qutqardi

Qozog‘istonda 18 yoshli Arman Baktibay ko‘pqavatli uyning yonayotgan xonadonidan ikki nafar qizaloqni qutqardi, deya xabar beradi Taldiqo‘rg‘on viloyati favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, ko‘pqavatli uylardan birining ikkinchi qavatida uyali aloqa telefoni quvvat olayotgan simlarning qisqa elektr tutashuvi natijasida (yong‘in xavfsizligi xizmatining xabariga ko‘ra) yong‘in yuzaga kelgan. Eshigi yopiq xonadonda ikki nafar, sakkiz va ikki yashar qiz bo‘lgan. Ularning ota-onasi bu vaqtda ishda edi. Tutunni ko‘rgan qizlarning kattasi derazadan baqirib, yordamga chaqira boshlagan. Uning chaqirig‘ini universitet talabasi Baktibay Arman eshitgan va gaz trubasi orqali ikkinchi qavatga tirmashib chiqib, derazadan ikki nafar qizni qutqarib olgan.

Viloyat ma’muriyati Baktibayni ko‘rsatgan jasorati va ezgu ishi uchun mukofotlaydigan bo‘ldi.

Manba: fitra.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!