11 noyabr nega 9 may kabi nishonlanmaydi? Birinchi jahon urushining tugashi haqida

A A A
11 noyabr nega 9 may kabi nishonlanmaydi? Birinchi jahon urushining tugashi haqida

11 noyabr Birinchi jahon urushi tugagan kun hisoblanadi. Ushbu sana insoniyat tarixidagi eng mudhish urushlardan biri tugagan kundir. Shu munosabat bilan «Daryo» kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh ushbu sana atrofidagi voqealar haqida hikoya qiladi.

Dunyoda urushlar juda ko‘p bo‘lgan. Ularning aksariyati ma’lum bir hududlarning o‘zida bo‘lib o‘tgan. XX asr boshida ilk marta jahon miqyosidagi urush bo‘ldi. Bu urush uch qit’ada, ko‘plab davlatlar hududida bo‘lib o‘tdi va tarixda Birinchi jahon urushi nomini oldi.

Birinchi jahon urushi boshlanishiga sabab bo‘lgan voqea

Bundan 105 yil avval – 1914 yil 28 iyun kuni Avstriya-Vengriya imperiyasi valiahdi, ersgersog Frans Ferninand Bosniyada, Sarayevo shahriga tashrifi chog‘ida otib o‘ldirildi.

Shundan so‘ng Avstriya-Vengriya imperiyasi Serbiyadan qisqa muddatda qotillarni topib topshirishni talab qildi. Talabni belgilangan vaqtda bajarishni imkoniyati bo‘lmadi. Shu tariqa Avstriya-Vengriya Serbiyaga urush e’lon qildi. O‘zaro manfaatlar yuzasidan bir-biri bilan kelisha olmagan davlatlar navbati bilan bir-biriga qarshi urush e’lon qilaverdi. Germaniya Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniyaga, yana qaysidir davlatlar esa Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi. Urushayotgan tomonlarning boshqa qit’alarda ham egalik qilayotgan hududlari borligi uchun urush asta-sekinlik bilan Yevropadan boshqa qit’alarga ham tarqaldi. Afrika, Osiyo va Tinch okeanidagi orolllarda janglar boshlanib ketdi va shu tariqa jahonning turli nuqtalarida urush olovi yoqildi.

Urushning so‘nggi kunlari

1918 yilning sentyabr oyiga kelib, ruslar bilan tinchlik kelishuviga erishilib, sharqiy frontdagi harbiylar g‘arbga o‘tkazilgan bo‘lsa ham, Germaniyaning urushda yutqazishi aniq bo‘ldi. Germaniya AQSh prezidenti Vilson tomonidan ilgari surilgan 14 banddan iborat shartni qabul qilish masalasini muhokama qila boshladi.

30 sentyabr kuni Georg fon Gertling boshliq hukumat iste’fo berdi. Uning o‘rniga Maksimilian Badenskiy kansler etib tayinlandi. Unga raqiblar bilan sulhga erishish topshirig‘i berildi.

4 oktyabr kuni Germaniyaning yangi hukumati AQSh prezidenti Vilsonga shartlar masalasida muzokaraga tayyor ekanini bildirib xabar yubordi. Ammo AQSh endi sulh haqida muzokara o‘tkazilmasligini, balki «Germaniya so‘zsiz taslim bo‘lish haqidagi o‘ylab ko‘rishi lozimligini» bildirdi.

24 oktyabr kuni Germaniya armiyasining quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Lyudendorf Vilsonning shartlarini «qabul qilib bo‘lmas» deb baholadi va imperatorning raqiblar bilan muzokara o‘tkazish haqidagi buyrug‘iga ters ravishda qo‘shinlarga jangni davom ettirishga buyruq berdi. Lyudendorf zudlik bilan Berlinga chaqirib olindi va iste’foga chiqarildi.

30 oktyabrda Usmonlilar saltanati taslim bo‘lib, urushni to‘xtatdi.

3 noyabrda esa Avstriya-Vengriya ittifoqchilar oldida taslim bo‘ldi. Shundan keyin Germaniya tomoni ittifoqchilar oldida taslim bo‘lmasa bo‘lmasligini tushunib yetdi va 5 noyabrdan harbiy harakatlarni to‘xtatdi. Ungacha esa 4 noyabr kuni mamlakatda inqilob boshlanib ketdi.

6 noyabr kuni Germaniya vakillari Fransiyaga tashrif buyurdi. 8 noyabr kuni Germaniya delegasiyasi Kompyen o‘rmonidagi muzokara o‘tkaziladigan joyga etib keldi.

9 noyabr kuni Maksimilian Badenskiy Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lish haqidagi shartni qabul qilishdan o‘zga chora yo‘qligini tushunib yetib, o‘zidagi vakolatlarni sosial-demokratlar vakili Fridrix Ebertga topshirdi. 10 noyabr kuni Maksimilian Badenskiyning yordamchisi Filipp Sheydeman Germaniyada yakkahokimlik tugatilgani va respublika e’lon qilingani haqida e’lon qildi.

1918 yil 11 noyabr erta tongda Fransiyada, Kompyen o‘rmonidagi muzokara joyida bo‘lib turgan Germaniya vakillari Fransiya marshali Ferdinand Foshning temir yo‘l vagonida ittifoqchilar bilan so‘zsiz taslim bo‘lish haqidagi hujjatlarga imzo qo‘ydi.

Oradan bir necha soat o‘tib, ramziy o‘n birinchi oyning o‘n birinchi sanasida, soat 11:00 da to‘plar Birinchi jahon urushi tugagani haqida zalp otib xabar berdi va shu tariqa Birinchi jahon urushi tugadi.

1-Jahon urushi tuganidan so‘ng

Urushida jami 38 davlat qatnashgan. Ularda 1,5 milliard aholi yashardi. Urushga jalb qilingan va harbiy harakatlarda qatnashgan odamlar soni 70 million kishidan oshiq bo‘lgan. Urushda 10 million harbiy, yana shuncha tinch aholi halok bo‘lgan.

Urush natijasida dunyodagi eng yirik va qudratli to‘rt imperiya: Rossiya, Germaniya, Avstriya-Vengriya va Usmonli saltanati quladi. Ulardan ikkitasida — Rossiya va Germaniyada urush tugamasidanoq inqiloblar bo‘lib o‘tdi. Yana ikki imperiya — Avstriya-Vengriya va Usmonli saltanati esa urush tugaganidan so‘ng parchalanib ketdi.

Urushda yengilgan Germaniya imperiyasida inqilob bo‘lib o‘tdi. Uning natijasida imperiya yiqitilib, 1919 yilda respublika e’lon qilindi. 1919 yildagi Versal shartnomasiga ko‘ra, bu mamlakat urush tufayli 1/7 hududidan ayrildi. Shuningdek, Germaniya Afrika va boshqa qit’alardagi barcha mustamlakalaridan ayrildi. 1921 yilda urush zararlari hisoblanib chiqilganidan so‘ng Germaniyaga g‘oliblarga 132 milliard oltin marka tovon to‘lash majburiyati qo‘yildi.

Avstriya-Vengriya urushgacha ko‘plab mamlakatlarni qo‘l ostida majburan ushlab turgan katta bir imperiya edi. Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Polshaning bir qismi, Bosniya, Sloveniya, Xorvatiya va ko‘plab boshqa katta-kichik hududlar imperiya tarkibida edi. Urushdan so‘ng u parchalanib, Chexoslovakiya, Vengriya, Avstriya kabi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi.

Urushda Germaniya va Avstriya-Vengriya imperiyalari tomonida turib urishgan Usmonli saltanati ham katta hududlarini yo‘qotdi. Bu yerda ham inqilob amalga oshirildi. Bo‘lib turgan taloto‘plardan foydalanib, mamlakatga hujum qilgan Yevropa davlatlarining birlashgan qo‘shinini yenggan Mustafo Kamol Otaturk saltanat o‘rnida Turkiya respublikasi tuzilganini e’lon qildi.

Birinchi jahon urushida Germaniya va Avstriya-Vengriya imperiyasi tomonida bo‘lgan Turkiya urush tugaganidan so‘ng Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Arabiston yarim orolidagi hududlaridan ayrildi. Misr, Falastin, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Iroq Buyuk Britaniya qo‘l ostiga o‘tdi. Suriya va Livan Fransiya mustamlakasiga aylandi. Egey dengizidagi ko‘plab orollar: Lemnos, Samotraki, Lesbos, Xios, Samos, Ikariya Gresiyaga berildi.

Rossiya g‘oliblar qatorida bo‘lsa ham, ancha hududlarini yo‘qotdi. 1917 yilda, hali urush davom etayotgan vaqtda Rossiyada inqilob bo‘lib o‘tdi, imperiya qulatildi.

Mamlakatni bolsheviklar egallab oldi. Inqilob oqibatida mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Bir paytlar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan mintaqalarda ozodlik harakatlari boshlandi. Ammo Lenin ularning hammasini qonga botirib, bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu jumladan, Markaziy Osiyoda ham ozodlik harakatlari ayovsiz bostirildi. Oqibatda aksar milliy hududlar amalda Rossiya imperiyasi o‘rniga paydo bo‘lgan SSSR mustamlakasi bo‘lib qoldi. Rossiya tarkibida bo‘lgan Finlyandiya, Polsha, Ukraina, Belarus, Litva, Latviya va Estoniya mustaqil bo‘ldi.

Shu tariqa, Birinchi jahon urushi Yer kurrasi siyosiy xaritasini ancha o‘zgartirib yubordi. Imperiyalar quladi. Yangidan yangi mustaqil davlatlar tashkil topdi va ular Ikkinchi jahon urushi boshlangancha yashadi. Endi asosiy savolga o‘tsak.

Dunyo xalqlari taqdirini o‘zgartirib yuborgan Birinchi jahon urushi tugagan 11 noyabr nega 9 may kuniday bayram qilinmaydi?

Buning bir qancha sabablari bor.

1) Birinchi jahon urushi, garchi jahon urushi bo‘lsa-da, oddiy urush edi va unda fashizmga o‘xshagan insoniyatga xavf soladigan g‘oya bo‘lmagan;

2) urushning tugashi Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lishi bilan tugagan bo‘lsa ham ittifoqchilar Germaniyani bosib olmagan, talamagan. Shunchaki har ikki taraf qo‘shinlari front chizig‘ida to‘qnashib turgan holida orqaga qaytgan;

3) Germaniyaning taslim bo‘lishi ham sulhlar bilan tasdiqlangan. 1919 yil 28 iyunda Germaniya g‘olib davlatlar bilan birgalikda Parijda o‘tkazilgan Birinchi jahon urushining tugashiga bag‘ishlangan Tinchlik konferensiyasida  Versal tinchlik bitimini imzoladi.

Umuman olganda, urush tugaganidan so‘ng urush g‘oliblari Germaniya bilan Versal, Avstriya bilan Sen-Jermen, Vengriya bilan Trianon, Bolgariya bilan Nyoyisk shartnomasi tuzildi va tomonlar boshqa urushmaslikka kelishib, do‘stona xayrlashdi;

4) g‘alaba bayramlarini nishonlashni juda ham yoqtiradigan va rosa maromiga yetkazib tantana qiladigan ruslar bu urushda Germaniya bilan sulh tuzib urushdan chiqqan va shu uchun ham Rossiyada 11 noyabr g‘alaba bayrami sifatida nishonlanmagan. Qolaversa, bolsheviklar bu urushga qarshi bo‘lgan. Shu sabab SSSRda bu sanani nishonlash an’anasi shakllanmagan.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi davlatlar yillik tonna hisobida ko‘rsatildi

Ўзбекистон ҳам юқори ўринларда туради: 10-ўрин.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

"Oreshnik" zarbalari dunyoni yadroviy urush yoqasiga olib kelmoqda – Kaya Kallas

Келгуси ҳафтада Европа Иттифоқи мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари Россияга босимни қандай кучайтиришни муҳокама қилишади

Zelenskiy Kiyev viloyatiga "Oreshnik" raketasi zarba berganini tasdiqladi

Украина Қуролли кучлари Ҳаво кучлари маълумотларига кўра, Россия тунда мамлакат бўйлаб 90 та ракета ва 600 та дрон учирган.

Gvardiolaning so‘nggi bahsiga rekord darajada muxlis tashrif buyurdi

«Манчестер Сити» ўз уйи — «Этихад» стадионида томошабинлар ташрифи бўйича янги рекорд ўрнатди.

Pentagon e’lon qilgan “sirli uchar jism” tarmoqda kulgiga sabab bo‘ldi

Айрим фойдаланувчилар уни “фаришта” ёки “ўзга сайёралик” деб тахмин қилган.

Superkompyuter futbol bo‘yicha JChda kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Шу билан бирга, Opta статистика портали FIFA Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоасининг чемпионлик имконияти 0,07% деб баҳоланган.

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.