10 yil ichida giyohvandlar soni 36 foizga kamaydi

10 yil ichida giyohvandlar soni 36 foizga kamaydi

Tojikistonda 2008 yildan 2019 yilgacha giyohvandlikka moyil bo‘lganlar soni 36 foizga kamayib, 3180 kishiga etdi, deya xabar beradi «Avesta» gazetasi 16 avgust kuni respublikaning Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligiga tayanib.

15 avgust kuni Tojikiston Milliy kutubxonasida giyohvand moddalar profilaktikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Majlis qatnashchilari Tojikistonda giyohvandlar sonini hisoblash 1995-1996 yillarda boshlanganini kayd kilishdi. 1998 yilda respublikada 1475 giyohvand moddalarga qaram shaxslar ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgust kuni Tojikiston huquq-tartibot idoralari xodimlari Dushanbe shahrida 1,7 tonna giyohvandlik vositalarini, shu jumladan 49 kg geroin, 465 kg opium, 346 kg gashish va 850 kg nashani yo‘q qilishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!