10 km uzunlik: Budapeshtda maoshidan norozi o‘qituvchilar namoyishga chiqdi

10 km uzunlik: Budapeshtda maoshidan norozi o‘qituvchilar namoyishga chiqdi

Vengriyada o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari ish haqini oshirish va ta’lim islohoti uchun namoyishlarni kuchaytirdilar.

Juma kuni poytaxt Budapeshtda uzunligi 10 kilometr bo‘lgan namoyishchilar zanjiri paydo bo‘ldi, mamlakatning turli shaharlarida ham namoyishlar o‘tkazildi.

O‘qituvchilar sentyabr oyida maosh va xodimlar sonini oshirishni talab qilib, "Men dars bermoqchiman" nomli norozilik harakatini boshlagan edi.

O‘qituvchilar, shuningdek, ish tashlash huquqining cheklanishiga ham norozilik bildirmoqda.

Rekord darajaga chiqqan inflyasiya va Ukrainadagi urush tufayli yomonlashgan iqtisodiy inqiroz bilan kurashayotgan hukumat namoyishlar boshlanganidan keyin harakatga qo‘shilgan ba’zi o‘rta maktab o‘qituvchilarini ishdan bo‘shatdi.

Hatto universitet bitiruvchisichalik turmush darajasiga ega emasligini ta’kidlagan faollar, olayotgan maoshlari hatto oddiy ehtiyojlarini qondirishga ham yetmasligini iddao qilishdi.

Prezident Viktor Orban esa qonun ustuvorligi va demokratik tamoyillarning buzilishi kabi sabablar tufayli muzlatib qo‘yilgan Yevropa Ittifoqi mablag‘lari ozod qilinishi bilanoq o‘qituvchilarning maoshlarini oshirishga va’da bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!