Parij chekkasidagi "Atanor" maxfiy masonlar tashkiloti a’zolarining bir qismi og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. Ushbu guruh ichida qotillik va hujumlar bilan shug‘ullanuvchi alohida jinoiy tarmoq tuzilgani aniqlangan.
Ayblanuvchilar kursisida jami 22 kishi o‘tiribdi – ular orasida nafaqat masonlar, balki Fransiya tashqi razvedkasining (DGSE) to‘rt nafar xodimi, polisiyachilar va sobiq maxsus xizmat vakillari ham bor. Ular avtopoygachining o‘limi va bir nechta suiqasdlarni tashkil etgan mafioz tuzilma faoliyatida ishtirok etganlikda gumon qilinyapti.
Guruhning 13 a’zosiga umrbod qamoq jazosi xavf solmoqda. Mazkur ish 2020 yilda biznes-trener Mari-Elen Dinini o‘ldirishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng ochilgan edi. Qo‘lga olingan ijrochilar ayolni go‘yoki "Mossad" agenti bo‘lgani uchun hukumat topshirig‘i bilan yo‘q qilmoqchi bo‘lganlarini da’vo qilishgan. Aslida esa tashkilot a’zolaridan biri o‘z raqobatchisini 70 000 yevro evaziga buyurtma qilgani ma’lum bo‘ldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.