Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzgani uchun Apple kompaniyasini 390 ming funt jarimaga tortdi.
Buyuk Britaniya moliya idorasining rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda aytilishicha, jarimani AQSh texnologik gigantining Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘linmasi – "Apple Distribution International Limited" (ADI) kompaniyasi to‘lashi shart.
Ushbu jazo chorasi ADI tomonidan 2022 yilning iyun va iyul oylarida Rossiyaning "Okko" striming servisiga o‘tkazilgan umumiy qiymati qariyb 636 ming funtlik ikkita to‘lov uchun qo‘llandi.
Britaniya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, "Okko" Rossiyaning "Novie vozmojnosti" kompaniyasiga tegishli bo‘lib, 2022 yil mayiga qadar unga davlatga qarashli "Sberbank" egalik qilgan. London Ukrainadagi urush sababli har ikkala tuzilmaga nisbatan Apple to‘lovlarini amalga oshirguniga qadar sanksiyalar joriy etib bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yanvarida Apple bozordagi monopol mavqeini suiiste’mol qilish aybi bilan Rossiya byudjetiga 12,3 mln dollar miqdorida jarima to‘lagan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.