“Qirolga munosib taxt”, Vashingtondagi Kapitoliy binosi ro‘parasida ulkan oltin unitaz haykali paydo bo‘ldi, deb xabar berdi The Insider.
Vashingtondagi Milliy xiyobonda Secret Handshake guruhi yangi installyasiyani taqdim etdi. Avvalroq anonim mualliflar aynan shu joyda boshqa haykallarni — Epshteynning Trampdan olgan tabriknomasi nusxasini va Ozodlik haykalining tojini majag‘layotgan gigant oltin qo‘l ko‘rinishidagi installyasiyani o‘rnatishgan edi.
"Misli ko‘rilmagan tarqoqlik, ziddiyatlarning keskinlashuvi va iqtisodiy inqirozlar davrida prezident Tramp chindan ham muhim bo‘lgan ishga — Oq uydagi Linkoln hojatxonasini rekonstruksiya qilishga e’tiborini qaratdi. Bu uning eng buyuk yutug‘i bo‘lib, prezidentning shunchaki biznesmen emas, balki amaliy ishlar bilan shug‘ullanishini namoyon etib turadi. Bu installyasiya pastga qarab, muammoni ko‘ra bilgan va uni oltin rangga bo‘yagan uzoqni ko‘radigan shaxsga ehtirom ramzidir", deb yozilgan oltin unitaz yoniga o‘rnatilgan taxtachada.
2025 yilning oktyabr oyida Donald Tramp Oq uydagi prezident Avraam Linkoln davriga oid yuvinish xonasini ta’mirlash ishlari yakunlanganini ma’lum qilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.