AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Agar Tehron biror sababga ko‘ra yaqin orada kelishuvga rozi bo‘lmasa va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi zudlik bilan “biznes uchun ochilmasa”, biz Erondagi “tashrifimizni” ularning barcha elektr stansiyalari, neft quduqlari va Xark orolini (ehtimol, barcha suvni chuchuklashtirish qurilmalarini ham) portlatib, butunlay yo‘q qilish bilan yakunlaymiz. Biz hozirgacha ularga ataylab tegmagandik.
Bu Erondagi “terrorchi rejim”ning 47 yillik hukmronligi davomida shafqatsizlarcha o‘ldirgan ko‘plab askarlarimiz va boshqa insonlar uchun qasos bo‘ladi", — deb yozdi Donald Tramp.
U, shuningdek, Vashington Eronning “yangi va ancha oqil” hukumati bilan mojaroni yakunlash bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini qo‘shimcha qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.