“Germaniya uchun muqobil” (AfD) o‘ng qanot partiyasi hamraisi Tino Xrupalla Amerika qo‘shinlarini mamlakat hududidan to‘liq olib chiqib ketish taklifini ilgari surdi.
"Berlin tashqi siyosiy pozisiyasini qayta ko‘rib chiqishi va xususan, Qo‘shma Shtatlar hamda Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan hamda o‘z bazalaridan foydalanishni cheklagan Ispaniya tajribasiga tayanishi lozim. Hozirda Germaniyada, asosan Raynland-Pfals (Ramshtayn bazasi), Bavariya va Baden-Vyurtemberg hududlarida 40 mingga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi joylashgan", – deya fikr bildirdi Xrupalla.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kelganidan so‘ng AfD'ning bir necha vakillari Vashingtonga muntazam tashrif buyurishmoqda va MAGA harakati tarafdorlari bilan yaqin aloqalarni saqlab kelishyapti. Tino Xrupallaning o‘zi 2025 yil yanvarida Trampning inaugurasiyasida shaxsan ishtirok etgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.