Hindiston Mudofaa vazirligi 2,38 trillion rupiy (25 milliard dollar) qiymatidagi qurol-yarog‘ xaridi, jumladan, Rossiyaning qo‘shimcha raketa majmualarini sotib olish bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi.
Agentlikning anonim va ishonchli manbalariga tayanib xabar berishicha, Mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi Mudofaa xaridlari kengashi Rossiyada ishlab chiqarilgan beshta zenit-raketa majmuasini (ZRM) taxminan 6,1 milliard dollarga sotib olishga ruxsat bergan.
Hozirda Hindiston ixtiyorida allaqachon uchta shunday majmua mavjud bo‘lib, ulardan 2025 yil may oyida Pokiston bilan yuz bergan to‘rt kunlik mojaro davomida foydalanilgan. Yana ikkita majmua yaqin oylar ichida yetkazib berilishi kutilmoqda. Rossiya hamon Hindiston uchun harbiy texnika yetkazib beruvchi eng yirik davlat bo‘lib qolmoqda.
Stokgolm xalqaro tinchlik muammolarini tadqiq qilish institutining (SIPRI) 2025 yilgi hisobotiga ko‘ra, barcha qurol-yarog‘ xaridlarining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i aynan Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.