AQSh prezidenti bu haqda 12 yanvar kechqurun Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Shu vaqtdan e’tiboran Eron Islom Respublikasi bilan biznes olib borayotgan har qanday mamlakat AQSh bilan amalga oshiradigan barcha tijoriy operasiyalarda 25 foiz miqdorda boj to‘laydi. Ushbu farmon yakuniy bo‘lib, shikoyat qilish mumkin emas", — deya qayd etdi Oq uy rahbari.
Avvalroq Tramp Oq uy va AQSh harbiylari Erondagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun harakat variantlarini tahlil qilayotganini aytgan, shu bilan birga u "Eron muxolifati rahbarlari bilan aloqada" ekanini qo‘shimcha qildi.
Iran Human Rights (IHR) huquqni himoya qilish tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda 28 dekabrdan beri davom etayotgan namoyishlarni bostirish vaqtida kamida 648 nafar inson o‘ldirilgan. Ammo ayrim baholarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 6000 nafardan ham oshishi mumkin. Bundan tashqari, taxminan 10 000 kishi hibsga olingan. Ekspertlarning fikricha, Eronda internet 100 soatdan ortiq vaqtdan beri bloklangani sabab bu xabarlarni mustaqil ravishda tekshirish nihoyatda qiyin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.