Saida Mirziyoyeva: "O‘zbekiston to‘xtab qolmaydi. Biz endigina boshladik"

Saida Mirziyoyeva: "O‘zbekiston to‘xtab qolmaydi. Biz endigina boshladik"

O‘zbekiston masshtabli o‘zgarishlarning endigina boshida turibdi. Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida shu haqda aytib o‘tdi.

O‘zbekiston islohotlar cho‘qqisiga chiqdimi yoki bir joyda to‘xtab qoldimi, degan savolga Saida Mirziyoyeva bunday yondashuvni rad etdi: «Qo‘ysangiz-chi. Menimcha, hech qachon to‘xtab qolish bo‘lmaydi. Biz endigina boshladik».

«Ishlarni yo‘lga qo‘ydik va oz bo‘lsa-da, qandaydir yengillikni his qila boshladik. Biznes qilish ancha osonlashdi», — dedi u.

Shu bilan birga, u muammolar hali ham ko‘pligini, ayniqsa, hududlarda qiyinchiliklar borligini ta’kidladi: «Men viloyatlarga boraman, juda ko‘p qiyinchiliklar borligini ko‘raman. Ha, muammolar juda ko‘p, davlatning imkoniyatlari esa kichik. To‘g‘ri tushuning, biz imkoniyatlari cheklangan mamlakatmiz».

«Chekilangan imkoniyatlar» deganda nimani nazarda tutganini izohlar ekan, Saida Mirziyoyeva geografik, moliyaviy va infratuzilmaviy omillarni sanab o‘tdi.

«Dengizga chiqishimiz uchun ikkita mamlakatni bosib o‘tish kerak… Pulsiz hech narsani hal qilib bo‘lmaydi. Hamma narsa — pul», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi infratuzilma ancha eskirgan. «Bu nafaqat O‘zbekistonning, balki butun postsovet hududining muammosi, deb o‘ylayman. Infratuzilma sovet davridan — 70, 60, 50-yillardan qolib ketgan. Bularning barchasini isloh qilish uchun katta, juda katta mablag‘ kerak. Biz bosqichma-bosqich ketyapmiz».

Suv — eng asosiy ustuvor vazifa

Saida Mirziyoyeva Prezident administrasiyasida beshta ustuvor yo‘nalish belgilab olinganini aytdi. Eng asosiy ustuvor vazifa — suv.

Uning qayd etishicha, bu mamlakat uchun «yaqin kelajakdagi» jiddiy muammo, garchi bu haqda omma oldida ko‘p gapirilmasa ham.

«E’tibor kam qaratilyapti, deb bo‘lmaydi. Biz bu haqda kam gapiryapmiz, shekilli. Mana shu yerda biz biroz oqsayapmiz. Lekin aslida bu — administrasiyamiz diqqat markazidagi eng asosiy masalalardan biri».

Boshqa ustuvor yo‘nalishlar qatorida u ta’lim, tibbiyot, biznes va sud tizimini sanab o‘tdi: «Shaffof va adolatli sud tizimisiz bularning hech biriga erishib bo‘lmaydi».

«Men bu yerda «xo‘jako‘rsin»ga o‘tirganim yo‘q»

Islohotlarga bo‘layotgan qarshiliklar va joylardagi haqiqiy ahvoldan qanchalik xabardor ekani so‘ralganda, Saida Mirziyoyeva bu borada jamoasi va ma’lumotlarni tekshirish tizimiga suyanishini aytdi.

«Men doim aytaman: bolalar, men bu yerda «xo‘jako‘rsin»ga yoki chiroyli gaplar gapirish uchun o‘tirganim yo‘q. Bu yerda, administrasiyada real vaziyatni bilish uchun o‘tiribman», — dedi u.

U ma’lumotni buzib ko‘rsatishga urinishlarni ma’nisiz ish deb atadi. «Nimaga? Bundan nima ma’no? Men baribir bilib olaman. Baribir haqiqatning tagiga yetaman… Agar biror kishi hisobot bersa, menda, albatta, ikkinchi tomon ham bor. Menda razvedka juda zo‘r ishlaydi».

«Har bir keys — tizimni yaxshilash uchun imkoniyat»

Ko‘p masalalarni hal qilish uchun shaxsan aralashish talab etilayotgani haqidagi vaziyatga izoh berar ekan, Saida Mirziyoyeva buni ish jarayoni sifatida qabul qilishini aytdi.

«Biz ishlashimiz kerak… Hozir vaziyat shunaqa, ertaga boshqacha bo‘ladi va so‘zsiz yaxshiroq bo‘ladi, chunki biz bu ishni yo‘lga qo‘yamiz».

Aytishicha, har bir konkret holatga uning jamoasi «tizimni tartibga solish imkoniyati» sifatida qaraydi.

Administrasiya rahbari turli sohalardagi muammolar — sud tizimidan tortib biznes, ta’lim va gender masalalarigacha — bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidladi.

«Menga xalqaro diplomatiya yoqadi»

Saida Mirziyoyeva o‘zi uchun nima bilan shug‘ullanish eng qiziq ekani haqida gapirar ekan, uni eng ko‘p xalqaro diplomatiya o‘ziga tortishini aytdi.

«Men bir umr, bolaligimdan diplomat bo‘lishni orzu qilganman. Odamlar bilan muloqot qilish, aloqalarni yo‘lga qo‘yish — bu mening qo‘limdan eng yaxshi keladigan ish. Bu talant bo‘lsa kerak».

Shu bilan birga, u ishning katta qismi «komfort zona»dan chiqishni talab qilishini qayd etdi: «Men doim komfort zonadan chiqaman. Qayerda o‘zimni qulay his qilsam, o‘sha yer menga noqulay tuyiladi. Qayerda ichki qarshilikni his qilsam, demak, o‘sha yerda o‘syapman».

«Men turli ideologiya va hikmatlarni xush ko‘raman. Juda ko‘p o‘qiyman va o‘zimning, aytaylik, qat’iy dogmalarimga amal qilaman. Bu — proaktiv yashash degani. Hayotning mazmuni — ezgulik ulashishda. Ya’ni agar sen bu dunyoga keldingmi, senda ma’lum xislatlar va imkoniyatlar bormi, vazifang — faqat berish, berish va yana berishdan iborat bo‘lishi kerak. Shunda o‘rtada uzviy bog‘liqlik, tabiiy aylanish hosil bo‘ladi».

U proaktiv yondashuvni eng muhim deb atadi: «Proaktivlik — bu muammoni ko‘rganingda, uni shunchaki muammo emas, balki imkoniyat deb bilishingdir».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

Eron hammani va hamma narsani bombardimon qilmoqda

Эрон ОАВларининг хабарларига кўра, Баҳрайндаги Америка объектлари ва базаларида 8 тадан ортиқ кучли портлашлар юз берган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Tramp Makronning rafiqasi bilan munosabatlari haqida hazil qildi

Оқ уйдаги тадбирда Америка етакчиси Франция етакчисининг рафиқаси унга ёмон муносабатда бўлиши ҳақида ҳазиллашди.

"AQSh Isroilning qo‘g‘irchog‘i sifatida Tehronga qarshi urushga kirdi"

Қўшма Штатларнинг Эрон инфратузилмасига ҳужумлари Эрон халқига қарши қаратилган ва ҳарбий жиноят ҳисобланади

"NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida AQShga yordam berishga majbur emas"

Унинг сўзларига кўра, Франция Ҳўрмуз бўғози орқали кемалар ҳаракатини тиклаш бўйича ишлаш тарафдори, аммо бу ҳужумкор тарзда бўлмаслиги керак.

Trampga Erondagi yarim tonna uranni qo‘lga kiritish rejasi topshirildi

Бу тарихдаги энг йирик ва мураккаб махсус амалиётлардан бири, балки энг йириги бўлади.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.