Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlanadi

Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlanadi

Rossiya tanklari yangi himoya tizimlari bilan jihozlana boshlandi. Bu haqida mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Omsk viloyatidagi mudofaa korxonalariga bulgan tashrifi chog‘ida ma’lum bo‘ldi.

Korxona rahbari mudofaa vaziriga uning topshirig‘iga binoan zirhli texnikalar maxsus operasiya zonasiga jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda ularning xavfsizligi kuchaytirilgani haqida ma’lum qildi.

Xususan, hozir zavodda ishlab chiqarilayotgan yangi T-80BVM tanklari yig‘ish liniyasida "Nakidka" (yopinchiq) nomli kamuflyaj tizimi, himoya "ayvonchasi" hamda tank bashnyasini qo‘shimcha himoyalovchi maxsus to‘r bilan jihozlanayotgani haqida hisobot berildi.

Mudofaa vaziri zavod rahbariyatiga xuddi shunday himoya vositalarini ayni damda maxsus operasiya hududida jang qilayotgan tank bo‘linmalariga ham qo‘shimcha ravishda yetkazib berishni tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Shundayn so‘ng Sergey Shoygu maxsus operasiya hududidga jo‘natishga tayyor bo‘lgan va temir yo‘l platformalariga yuklangan tanklar va boshqa zirhli texnikani ko‘zdan kechirdi, korxona huzuridagi o‘quv-tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!