Surxondaryo

Surxondaryoda noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Denov tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Denov shahar “Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro B.J. yashash xonadonining yordamchi xo‘jalik qismi ko‘zdan kechirilganda, 2 ta qo‘lbola moyjuvoz uskunasi o‘rnatib, paxta chigitidan yog‘ va kunjara ishlab chiqarib, qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.

Boysunda Prezident topshirig‘i nega bajarilmadi?

“Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarning – bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak”.

Surxondaryoda avtofalokat: bir kishi jabrlandi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 16 yanvar kuni Termiz tumanida yashovchi B.G‘. o‘ziga biriktirilgan “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasini O‘zbekiston mahallasi Madaniyat ko‘chasida haydab ketayotganida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yengil avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Surxondaryoda poyezddan portlovchi modda topildi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Boldir” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni Turkmaniston Respublikasidan mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarining biriga joylashtirilgan portlovchi modda hamda uning bir dona detonatorini ushlab qoldi.

Ayol kishini o‘margan surxondaryolik erkak qo‘lga olindi

2019 yil 4 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yashovchi U.A. (ismli ayol) Denov tuman IIBga murojaat qilib, unda shu yil 3 yanvar kuni noma’lum shaxs Surxondaryo viloyati “Bobur” MFYda joylashgan savdo do‘koni oldida qarovsiz qoldirilgan, ichida 20 mln. so‘m puli bo‘lgan qutisini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Surxondaryoda 12 metrlik archa yonib ketdi (video)

Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Denov tumanida 12 metrlik archa yonib ketgan. Telegram ijtimoiy tarmog‘ida mazkur holat aks etgan video tarqaldi.

Surxondaryolik erkak o‘z jiyanini nega o‘ldirdi?

Joriy yilning 30 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi O.P. mast holda uyida jiyani A.N. bilan o‘zaro janjallashib,  uning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

25 mln so‘mni bermay kelayotgan ayollar qo‘lga olindi

2018 yilning 22 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yashovchi fuqaro Z.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Dunyodagi eng chuqur va sirli g‘or O‘zbekistonda... mi?

O‘zbekiston tabiati mo‘’jizalarga boy. Ayniqsa Boysuntog‘, Hisortog‘ tizmalari bag‘rida joylashgan g‘orlar sir-sinoatga to‘la.

Maktab o‘quvchisini tunagan talonchilar qo‘lga olindi

Shu yilning 25 dekabr kuni ikki noma’lum shaxs Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani Azlarsoy mahallasi hududida maktab o‘quvchisini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, “Samsung” mobil telefonini olib ketganlar.

Aybiga iqror bo‘lmagan va ashyoviy dalil bilan ushlanmagan 33 yoshli ichki ishlar xodimi, podpolkovnik “nohaq” qamoqqa olindi

“UzNews.uz” nashriga surxondaryolik podpolkovnik yigitning yaqinlari, nohaqlik bo‘layotgani va bu holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib borishimiz hamda asl voqeilikni yuzaga chiqishida yordam berishimiz so‘rab murojaat qilishdi.

30 yoshli cho‘pon 6 nafar surxondaryolikni "uxlatib ketdi"

Surxondaryo viloyatida olti fuqaroning 74 bosh qo‘y-echkisini oyma-oy ma’lum haq evaziga boqib berishga va’da qilib, ularni “uxlatib” ketgan Uzun tumani Oqtumshuq mahallasida yashovchi Sotiboldi Qo‘ziyev ishonib topshirilgan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda.