Surxondaryo
Surxondaryoda ichki ishlar xodimi YPX inspektorining o‘limiga sababchi bo‘ldi
2018 yil 10 noyabr kuni, soat 24:00larda Termiz shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQG tezkor vakili J.M. xizmat yuzasidan biriktirilgan “Damas” rusumli xizmat avtomashinasini mast holda boshqarib kelib, shaharning “Bog‘ishamol” mahallasi A.Navoiy ko‘chasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB AYPXO 1-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori P.CH.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Surxondaryoda yana bir inson is gazidan zaharlanib vafot etdi
2018 yilning 19 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashagan G.T. uyi hammomida gaz balonidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.
Surxondaryoda og‘ufurishlar qo‘lga olindi
Mijozga 1,31 gramm mariuxana giyohvandlik moddasini sotayotgan og‘ufurish ushlandi.
Surxondaryoda farzandini 1,5 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura matbuot xizmati Surxondaryo viloyatida farzandini sotishga uringan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini xabar berdi.
Surxondaryodagi budda madaniyati yodgorliklariga tailandliklarning qiziqishi nega ortmoqda?
Viloyatga joriy yilning o‘tgan davrida 23 mingdan ziyod xorijlik va 46 mingga yaqin mahalliy sayyoh tashrif buyurdi.
EI komissiyasi Termizda afg‘on qizlarini o‘qitish uchun €2 mln ajratadi
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markaziga Yevropa ittifoqi komissiyasi afg‘onistonlik ayollarni o‘qitish, mutaxassis sifatida tayyorlash, bandligini ta’minlash maqsadida 2 mln yevro ajratadi. Bu haqda 16 noyabr kuni YEI komissiyasi ekspertlarining ta’lim markaziga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi.
Tezkor xabar: Tojikistondan O‘zbekistonga Kalashnikov patronini olib kirayotgan kishi qo‘lga tushdi
Amaldagi qonun xujjatlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududiga tegishli ruxsatlarsiz qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tug‘diradigan boshqa predmetlar (moddalar) olib kirish mumkin emas.
Navbat erlargami: surxondaryolik erkak turmush o‘rtog‘ini nega tepkiladi?
12 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi, O‘.Q. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, M.S. (ismli ayol)ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Surxondaryo bojxona boshqarmasi afg‘onistonlik Rossiya fuqarosi yonidan ko‘knori topdi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona postining piyodalar yo‘lagiga asli afg‘onistonlik Rossiya Federasiyasi fuqarosi Z.M.A. kirib keldi. Mehmon bojxona nazoratidan o‘tkazilayotganda qo‘l sumkasi ichidagi 2 dona Sough nomli qutilar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi, deb yozadi O‘zA.
Surxondaryoda bir qancha mansabdorlar lavozimidan ozod etildi
Surxondaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, prezident Administrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishida tashkiliy masalalar ko‘rildi.
Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari ham ishdan olindi
Ulug‘bek Oxunov va viloyat prokurori O‘ktam Saidovning lavozimidan ozod etilishiga boshqa ishga o‘tkazilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Erining to‘rtinchi xotinini va uning ikki yosh bolasini yoqib yuborgan kundosh jinoyati (video)
2017 yilning 30 avgust kuni kech taxminan soat 23.00 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tuman qurilish bozorida yong‘in kelib chiqqani haqida IIBga xabar kelib tushgan.